26 Avgust 2021 yil 505

Аrzonlashtirilgan bayram yarmarkasi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan xodimlarni ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning 30 yillik bayramini koʼtarinki ruhda kutib olish va yuqori darajada nishonlash maqsadida boshqarma hovlisida oziq-ovqat mahsulotlari va maktab qurollarining arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada roʼzgʼor uchun zarur boʼlgan barcha oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, goʼsht, yogʼ, un va 30 turdan ziyod maktab oʼquv qurollari arzonlashtirilgan bahoda savdoga qoʼyilgani ayni muddao boʼldi, - deydi boshqarma MT va XX boshligʼi mayor Z.Toʼxtaev. – Xodimlar yarmarkada roʼzgʼorga ketadigan mahsulotlar va farzandlari uchun maktab qurollarini bozordan ancha arzon hamda maqbul narxlarda sotib oldilar.
Yarmarkadan xodimlar behad minnatdor boʼlishdi.

Text to speech