1 Mart 2024 yil 442

“Quyoshga qaragan ma’vo” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Man’aviyat va ma’rifat respublika Kengashining Qashqadaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi  "Ma’naviyat maskani"da  shoir, adib, publitsist va tarjimon O‘roz Haydar qalamiga mansub “Quyoshga qaragan ma’vo” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda filologiya fanlari doktori, professor Nafas Shodmonov, yozuvchi va shoirlar Sharofat Ashurova, Temirpo‘lat Tillayev, Abdunabi Abdiyev,  G‘ulom Abdiyev,  Azizbek Norov, viloyat hokimi maslahatchisi Ziyoda Aminova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi Sodiq Islomov va boshqalar so‘zga chiqib, to‘plamga kiritilgan maqolalar va suhbatlarning ahamiyati, muallifning publitsistik asarlarining o‘ziga xos jihatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘nggida adib O‘roz Haydar o‘z kitobiga kiritilgan publitsistik maqolalarning yaratilish tarixi xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Text to speech