25 Avgust 2021 yil 377

Hududlarda tungi reydlar tashkil etilmoqda

Yoʼllarda yoʼl-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qoʼyish borasida ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan taqsimot asosida, sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda tungi reyd tadbirlari oʼtkazishmoqda.

Reydlar davomida tegishli hujjatlari boʼlmagan, avtomobiliga ruxsat etilmagan jihozlar oʼrnatgan, YPX xodimining ishorasiga boʼysunmagan bir qancha haydovchilarga nisbatan tegishli chora koʼrilmoqda.

Shuningdek, tekshiruvlar davomida ayrim haydovchi va yoʼlovchilar yonida sovuq qurol borligi aniqlanib, oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olinmoqda.

Text to speech