“Hududlar tajribasi” amaliyotga taqbiq etilmoqda
O‘zbekiston
Respublikasi IIV tegishli bayoniga muofiq 2023-yil 07-dekabrdagi kengaytirilgan
yig‘ilishi bayoniga asosan, hududlar bo‘yicha o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan
jinoyatlarni hududning kriminogen va demografik xususiyatini inobatga olib,
ilmiy yondashuv asosida yaratilgan “Hududlar tajribasi”ni amaliyotga joriy
etish maqsadida, bezorilik jinoyatlarini oldini olish metodikasi IIV
Akademiyasi professor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda Qarshi shahar IIO FMB
hamda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari
o‘tkazilib, ularning e’tiboriga metodik qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati
yetkazildi.
O‘tkazilgan
o‘quv seminariga IIV Akademiyasi “Ma’muriy-huquq” kafedrasi professori
podpolkovnik E.X.Norbutayev, Qashqadaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati va Jamoat xavfsizligi xizmatining mas’ul
xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv
seminarida “Hududlar tajribasi” bo‘yicha yaratilgan metodik qo‘llanmalarning
mazmun mohiyati interfaol metodlardan foydalangan holda Qarshi shahridagi jinoyatchilik
tahlili, “bezorilik jinoyatlarini kriminologik tavsifi”, “bezorilik
jinoyatlarini sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning psixologik xususiyatlari
va jabrlanuvchi shaxsning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi”, “bezorilik
jinoyatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha viktimligi yuqori
bo‘lgan shaxslar uchun harakatlar protokoli”, “bezorilik jinoyatlarini oldini
olish bo‘yicha xorij tajribalari” doir mavzular batafsil yetkazildi. Xususan,
o‘quv seminar mashg‘ulotida ishtirok etgan, xodimlar tomonidan berilgan
savollarga atroflicha javoblar berildi.