18 Noyabr 2022 yil 219

Uch nafar shaxslarga imkoniyat berildi

 

Prezident Administratsiyasining topshirig‘i va Ichki ishlar vazirining tegishli Farmoyishi asosida Qashqadaryo viloyatida respublika ishchi guruhi sayyor qabuli davom etmoqda. Jumladan, G‘uzor tumanida aholining kundalik turmushidagi dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik – idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazildi.

Respublika ishchi guruhi tarkibida ichki ishlar vazirligi tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Jalolov hamda hududiy ichki ishlar organlari, viloyat va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda viloyat IIB Probatsiya xizmati hisobida turgan 3 nafar shaxslarning  murojaatlariga asosan, sudga taqdimnoma kiritilib, o‘talmay qolgan jazolaridan muddatidan ilgari ozod etildi.

Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari vakolatiga kiradigan va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladiga masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul xodimlarga topshiriqlar berilib, ijrosi ta’minlandi.

Text to speech