Uch avlod uchrashuvi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlar, uzoq yillar samarali
xizmat qilgan faxriy ayollar hamda vazirlik Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchi qizlari ishtirok etdi.
“Uch avlod uchrashuvi” da so‘z olganlar har bir xotin-qiz “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish -oliy burchimiz!” shiori ostida xizmat qilib, yosh xodimalarda Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, ma’naviy- ma’rifiy bilimi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi xususida ham taklif va tavsiyalar berildi.
Uch avlod uchrashuvida so‘z olgan faxriylar yosh xodimlarni halollikka, fidoiylikka, vatanparvarlikka chorlab, o‘z hayotiy tajribalarini so‘zlab berdilar.
Tadbirda litsey o‘quvchilari tomonidan Vatanparvarlik, kasbga sadoqat kabi mavzulardagi she’rlari tinglandi.
Bir so‘z bilan aytganda tadbir ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar va yoshlarning kasbiy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitdi.