22 Dekabr 2023 yil 219

"Uch avlod uchrashuvi"

Respublikamizda bo`lib o`tayotgan  yoshlarni har tomonlama etuk va barkamol etib  tarbiyalashga qaratilgan  “Vatanparvarlik” oyli munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida harbiy xizmatchilar, faxriylar va o'quvchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil qilindi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati harbiy faxriylar  kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik G‘ayrat Umirqulov, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi, zahiradagi mayor O‘ktam Shoymardonov, "Xonobod" qo‘rg‘onida joylashgan  harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Elyor Berdiyev ishtirok etdi.

Tadbirda harbiy qism  xizmatchilari tomonidan harbiy qism tashkil etilishining tarixi, bosib o'tgan jangovor yo'li va hozirgi faoliyati batafsil tanishtirildi. Shuningdek, harbiy qism uchuvchilari o'quvchilarga xizmat faoliyati davomida foydalanadigan texnik vositalar, jangovar moslamalarini namoyish etishdi. Bu o'quvchilarda ushbu sharafli kasbga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi.

Text to speech