6 May 2023 yil 298

Uch avlod uchrashuvi

Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Ma’naviyat oyligi” doirasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lam keng tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar xodimlari, ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi, boshqarma faxriylar kengashi, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etishdi.

“Uch avlod uchrashuvi” da so‘z olganlar har bir xodimda Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga  sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish xususida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, ma’naviy- ma’rifiy bilimi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi xususida ham taklif va tavsiyalar  berildi.

Uch avlod uchrashuvida so‘z olgan faxriylar yosh xodimlarni halollikka, fidoiylikka, vatanparvarlikka chorlab, o‘z hayotiy tajribalarini so‘zlab berdilar.

Tadbir yoshlarning Vatanparvarlik tuyg‘ulari, kasbga sadoqati va ma’naviy dunyoqarashini boyitdi.

Text to speech