30 May 2022 yil 296

Uch avlod uchrashuvi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 4-son mintaqaviy hudud 2-son Jazoni ijro etish koloniyasida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʼtkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB faxriylar kengashi, viloyat IIB boshligʼi maslaxatchisi va koloniya shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Uchrashuvda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov, boshqarma boshligʼi maslahatchisi, podpolkovnik Zokir Obilov soʼzga chiqib, yosh xodimlarga ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar va kasbiy mahoratini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, poraxoʼrlikka yoʼl qoʼymaslik, koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar va ularning oila aʼzolari bilan noqonuniy aloqaga kirishmaslik, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish boʼyicha tegishli tavsiya va takliflarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunida faxriylar tomonidan yosh xodimlarga professor T.Аlimardonovning “Аmir Temur imperiyasi” kitobi sovgʼa qilindi

Text to speech