8 Fevral 2024 yil 267

“Turmush” profilaktik tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXX HPBning 26/277-sonli kursatmasi doirasida o‘tkazilayotgan “Turmush” profilaktik tadbiri davomida notinch, kelishmovchiligi bor oilalar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

“Turmush”maxsus profilaktika tadbirini o‘tkazish davomida Qarshi tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, Profilaktika inspektori,IIV Akademiyasi kursanti hamda MFY faollari bilan hamkorlikda tuman xududida joylashgan A.Navoiy MFYda oilaviy nizo sababli ruyxatda turuvchi shaxslar bilan birgalikda profilaktik suhbatlar olib borildi. Tadbir davomida fuqarolarga xuquqiy tushunchalar berilib, profilaktika inspektorlarining tashrif qog‘ozlari tarqatildi. Bu borada mutasaddi tashkilotlarni hamkorligiga xam aloxida e’tibor qaratilib birgalikda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Text to speech