19 Dekabr 2023 yil 540

Turistik firmalar va turagentlar bilan profilaktik tadbirlar

Mamlakatimizda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga keng sharoitlar yaratilib, qator imtiyozlar berilmoqda. Ammo ayrim shaxslar bilib bilmay respublikamiz turizm salohiyatiga salbiy ta’sir etuvchi xatti-harakatlarni sodir etib, sayyohlarning e’tirozlariga sabab bo‘lishmoqda. Bu boradagi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan xorijiy davlatlarga sayohatlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Shahrisabz shahri va Kitob tumanida joylashgan turistik firma va turagentlar rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Profilaktik suhbatlarda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq faoliyat yuritish, qonunchilikka zid xatti-harakatlar sodir etmaslik aks holda qonuniy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida mas’ullar ogohlantirildi

Text to speech