19 Oktyabr 2023 yil 1567

Turagentlar bilan profilaktik tadbirlar


Mamlakatimizda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga keng sharoitlar yaratilib, turli imtiyozlar berilmoqda. Ammo, ayrim shaxslar respublikamiz xavfsizligi va turizm salohiyatiga salbiy ta’sir etuvchi xatti-harakatlar sodir etib, sayyohlarning asosli e’tirozlariga va turistik industriya subyektlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib kelmoqda. Natijada firibgarlik, tovlamachilik kabi jinoyatlar yuz bermoqda.

 

Shu sababli, mamlakatimizda turizm sohasining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish va bartaraf etish, xorijiy davlatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek turizm kanallaridan jinoiy maqsadlarda foydalanilishining oldini olish maqsadida, Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan xorijiy davlatlarga sayohatlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik firma va turagentlar rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. 

 

Suhbat davomida mas’ul shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi qarorini 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq faoliyat yuritish, qonunchilikka zid harakatlar amalga oshirmaslik, aldov yo‘li bilan fuqarolarning pul mablag‘larini egallash maqsadida xorijiy davlatlarga sayohat tashkil etishni va’da qilib, shartnomada belgilangan turistik xizmatlarni to‘laqonli bajarmasdan, chet el mamlakatlarida fuqarolarimiz turli muammolarga duch kelishiga sababchi bo‘lmaslik hamda xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekistonga turist sifatida olib kelib, ularning Respublikamiz hududida bo‘lishini nazorat qilmay, qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

Text to speech