22 Yanvar 2022 yil 821

Tungi reyd

Viloyat prakuraturasi, shahar prokuraturasi va Qarshi shahar IIO FMB 1-2-3 va 4-sonli IIB HPB VEBIG inspektor-psixologlari hamkorlikda yaqinda voyaga yetmaganlar oʼrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʼyicha tungi reyd tadbiri oʼtkazishdi. Unda asosiy eʼtibor voyaga yetmaganlarni koʼngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʼrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz boʼlishlarini oldini olish boʼyicha shahar hududida mavjud tungi koʼngilochar joylar, komyuьter oʼyinxonalari, kafe-bar va restoranlarda tungi klublarda reyd tadbiri oʼtkazildi.

Ishchi guruh tomonidan oʼtkazilgan tungi reydda tunda bemaqsad, nazoratsiz va qarovsiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlandi. Jumladan, Qarshi shahar Qarliqbogʼot MFY hududida joylashgan “Leben” tungi klubida oʼtkazilgan reyd davomida voyaga yetmagan qiz А.N. oʼyinchilik va ofitsantlik bilan shugʼullanayotganligi aniqlandi hamda tungi klub egasiga Oʼz R MJtK ning 1882- moddasiga asosan, dalolatnoma rasmiylashtirildi. Xuddi shu joyda voyaga yetmagan N. ismli qiz bola aniqlanib, viloyat IIB HPB huzuridagi VEIHYoKMga joylashtirildi.
Shaharning “Paxtazor” MFY hududida joylashgan “Belaya noch” tungi klubida oʼtkazilga reyd davomida bir nafar voyaga yetmagan Sh. ismli oʼgʼil bola ota-ona yoki uning oʼrnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz yurgani uchun boshqarma VEIHYoKMga joylashtirildi.
Oʼtkzilgan reyd davomida Qarshi shahar IIO FMB 1-2-3 va 4-sonli IIB HPB VEBIG inspektor-psixologlari tomonidan 8 nafar voyaga yetmaganlar olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat oʼtkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech