8 Sentyabr 2021 yil 543

Tungi reyd tadbirlari uyushqoqlik bilan oʼtkazilmoqda


Viloyatda “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida tunu kun xizmat olib borayotgan ishchi guruh aʼzolariga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish va roʼy berganlarini “issiq izlar”da fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida tushunchalar berildi.
“Nasaf” oʼyingohida boʼlib oʼtgan yigʼinda xodimlarning xizmatga shayligi koʼzdan kechirilib, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida tegishli takliflar, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyat davomida xizmat intizomi va qonunchilikka soʼzsiz rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada boʼlishi, eng muhimi, odamlarda soha xodimlariga boʼlgan eʼtibor va ishonchni yoʼqotmaslik boʼyicha tegishli yoʼriqnoma berildi.

Text to speech