2 Fevral 2024 yil 625

Tungi xizmat oldi yo‘riqnoma berildi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz mahalla” tadbiri doirasida Qarshi shahrida tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari, prokuratura, milliy gvardiya va “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamda boshqa mutasaddi idorlar vakillariga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Nasaf” o‘yingohida yo‘riqnoma o‘tdi.

Tadbir davomida jinoyatlarni “Mahallabay” jilovlash shahar hududidagi “qizil” toifaga kiruvchi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda xizmatni kuchaytirish, mahalla faollari kuchidan samarali foydalanish, jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish vazifasi mas’ullar zimmasiga yuklandi.  

  Yig‘inda xodimlarning xizmatga shayligi ko‘zdan kechirilib, osoyishtalikni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqarolarga mol-mulkni tunda qarovsiz qoldirmaslik, ehtiyot choralarini ko‘rish xususida targ‘ibot ishlarini ham amalga oshirish borasida tushuntirishlar berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech