26 Avgust 2021 yil 408

“Toʼmaris” jamoasi “zakovat” gʼolibi

Viloyat Yoshlar markazida Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchi ayollar oʼrtasida jamoalararo “Zakovat” intellektual oʼyini boʼlib oʼtdi. Unda Mudofaa vazirligi Janubiy-Gʼarbiy maxsus harbiy okrugi tizimidagi harbiy qismlar va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlari jamoasi ishtirok etishdi.

Qizgʼin bahslar va munozaralarga boy intellektual oʼyinda viloyat IIB xotin-qizlaridan iborat “Toʼmaris” jamoasi musobaqaning viloyat bosqichi gʼolibligini qoʼlga kiritib, tadbir tashkilotchilarining faxriy yorligʼi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech