Tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashib, hududdagi muammolar bilan qiziqdi
Dehqonobod hokimi Zoir Аliqulov bugun, 6 iyul, seshanba kuni tuman IIB binosida boʼlib, hududlarda faoliyat yurituvchi 45 nafar profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi. Hokim profilaktika inspektorlari orqali joylardagi muammolarni oʼrganib, yechimi borasida fikr bildirdi.
Qayd etish lozim, Oʼzbekiston Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga koʼra, hokim har oyda mahalla huquq tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektori bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini izlaydi.