To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 34-son manzil koloniyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida “Kiberjinoyatlar va uning turlari!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 34-son manzil koloniyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida “Kiberjinoyatlar va uning turlari!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Qamashi tuman IIB tezkor xodimlari va manzil koloniya shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman IIB TQX JQB tezkor xodimlari so‘zga chiqib, kiberjinoyat turlari, viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish, 1X Bet va shu kabi boshqa onlayn qimorlar haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.
Yig‘ilishda ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga atroflicha javoblar berildi.