23 Mart 2021 yil
487
"Tozalash-Аntiterror” hamda “Аrsenal” tezkor profilaktik tadbirlar samarasi
Qashqadaryo viloyati hududida oʼtkazilayotgan “Аrsenal” hamda “Tozalash-Аntiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, oʼqotar quroli bilan bogʼliq noxush holatlarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash maqsadida, viloyat IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan targʼibort va tashviqot ishlari natijasida 2021 yil 21 mart kuni Kitob tumani “Qushdaryo” MFY, Doniyorshayx qishlogʼida yashovchi I.D bir dona, IJ rusumli, bir nilli, 16 kalibrli, oʼqotar ov qurolini oʼz ixtiyori bilan topshirdi.
Profilaktik tadbirlar, targʼibot va tashviqot ishlari viloyat miqyosida davom etmoqda.