19 Yanvar 2023 yil 248

To‘yxonadagi o‘g‘rilik fosh etildi

Xalqimizda to‘yga borsang, to‘yib bor, yomonliging qo‘yib bor, degan naql bor. Ammo Shahrisabz tumanida yashovchi A.O. bu iborani teskarisi tushungan ko‘rinadi. Jumladan, u 2023 yil  12 yanvar kuni Shahrisabz tumani “Temirchi” MFYda joylashgan to‘yxonaga to‘yga borgan fuqaro Q.M.ning pullarni o‘g‘irlab olgani tuman IIB xodimlari tomonidan fosh etildi.

Fuqaro A.O.dan 943.000 so‘m pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olinib, holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech