18 Aprel 2022 yil 550

Poytaxtda nazoratsiz yurgan bolalar tegishli tartibda viloyat IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markaziga olib kelindi

Qashqadaryo viloyati IIB JXD HPX xodimlari tomonidan ota-onasining nazoratidan chetda qolib, dars mashgʼulotlariga qatnashmasdan,turli bahonalarni rukach qilib, Toshket shahriga ishlash uchun borgan bir guruh bolalar Toshkent shahar IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markazi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirlarda aniqlangan. Poytaxtda nazoratsiz yurgan bolalar tegishli tartibda viloyat IIB JXD HPB VEIHYoKMga olib kelindi.
Markazda viloyat prokuraturasi, , viloyat Xalq taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda Voyaga yetmaganlarga ijtimomiy-huquqiy yordam koʼrsatish markazida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar ota-onasiga topshirildi. Ota-onalarga bola voyaga yetgunga qadar ota-ona ularni taʼlim tarbiyasiga masʼulligi bu qonunda belgilanganligi, ularni bolaga nisbatan bunday beparvoligi ogʼir oqibatlarga sabab boʼlishi mumkinligi tushuntirildi. Soʼngra, ota-onalar belgilangan tartibda ogohlantirildi. Muhokamada Toshkent shahar IIBB JXD HPBB VEIHYoKM xodimlari ham qatnashishdilar.

Text to speech