10 Noyabr 2021 yil 743

Toshbagʼirlik ortidagi jinoyat

Gʼuzor tumani “Sovligʼar” MFYda Gʼuzor tumani “Pachkamar” MFY Pachkamar qishlogʼidan yoqilgan holdagi murdaning oʼlimi yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi hamda tuman IIB masʼul xodimlari va barcha sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda qotillik jinoyati sodir etgan shaxsning oila aʼzolari ishtirokida muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Muhokama yigʼilishida soʼzga chiqqan viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etdi.
Muhokamada ishtirokchilarga jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish masalasi ustuvor vazifa ekanligi uqtirildi. Jinoyatni kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratgan omillar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar va mahalla faollarining xatti-harakati muhokama qilindi. Spirtli ichimliklar sotilishini nazorat qiluvchi idoralar hududdagi umumiy ovqatlanish joylarini vaqtida tekshirganida ehtimol bu fuqaro spirtli ichimlikka mukasidan ketmagan va bir insonning umri bevaqt zavol topmagan boʼlishini taʼkidladi. Mutasaddilarga hududdagi oshxonalar belgilangan vaqtlarda mijozlarga xizmat koʼrsatishi, tungi vaqtlarda faoliyat koʼrsatmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʼrishi tavsiya etildi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Oʼz R JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech