30 Noyabr 2022 yil 256

To‘rt nafar shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Qarshi shahridagi “Hayot” mehmonxonasining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Sayyor qabul o‘tkazildi.

Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan tashkil etilgan Sayyor qabulda 20 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Qabulda fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinish, ID-karta olish va doimiy ro‘yxatga qolish va ro‘yxatdan chiqish hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Murojaatlardan 5 tasi, ya’ni ijobiy hal etildi. Ular orasida 4 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, 1 nafariga esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berildi. Qolgan 15 ta murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etgani bois ijrosi nazoratga olindi.  

Tadbirda 10 nafar yoshlarga birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi ID-kartasi tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech