25 Avgust 2021 yil 519

Qarshi shahrida jinoyatlarni jilovlash hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar


Mamlakatimizda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar uyushtirilmoqda. Bunda fuqarolarning osuda turmush tarziga zamin hozirlash, koʼcha va fuqarolar gavjum toʼplanadigan joylar, choyxona va kafe barlarda jamoat tartibini saqlashga, jinoyat sodir etib, tergov idoralaridan qochib yurgan shaxslarni ushlab qonun izmiga topshirishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, viloyat miqyosida oʼtkazilayotgan “Tong” tadbirida viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va Milliy Gvardiya xodimlaridan tuzilgan 8 ta guruhga ikki yuz nafarga yaqin xodimlar jalb etildi.
Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil 77 nafar fuqarolar ichki ishlar organlariga olib kelinib, ularning foto suratlari va qoʼl barmoq izlari olindi va har biri bilan alohida kelgusida jinoyat sodir etmasligi toʼgʼrisida “ogohlantirildi”. Bundan tashqari, muqaddam sudlangan, jinoyat sodir etishga moyil, bir necha marotaba maʼmuriy xuquqbuzarliklar sodir etgan, Probatsiya boʼlimi hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Qidiruvdagi jinoyatchilarning oila aʼzolari bilan olib borilgan suhbatlar natijasida oʼzgalarni aldash va chuv tushirish jinoyatlarini sodir etgani uchun Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan OʼzR JKning 168-moddasi 2-qismi va 227-moddasi
2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan Koson tumani Boyterak qishlogʼida yashovchi N.F. jazodan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo u uzoq qochib yurolmadi. Yaqinda u viloyat IIB JQB, Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB, boshqarma PPX va JTSB va Dehqonobod tumani IIB xodimlari tomonidan Dehqanobod tumanidan ushlandi.
Qarshi shahar hududida “Yagona yoʼlakcha”, yaʼni, avtotransport vositalari boʼyicha reydlar tashkil etildi. Unda avtomashina oynasini ruxsatsiz qoraytirgan, pichoq, bita va noqonuniy pnevmatik qurol-yarogʼ olib yurgan haydovchi va yoʼlovchilar bilan profilaktik suhbatlar oʼtkazildi.
Viloyat hududida “Tong” hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech