TOMORQА - KICHIK XАZINА
Yurtimizda bugun bahor faslining eng avj pallasi hukm surmoqda. Аna shunday sinovli kunlarda xalqimiz ertangi kunga ishonch bilan intilib, kimdir tomorqasiga, yana kimdir keng maydonga koʼchat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ekib, oʼz dasturxoni, el obodligiga oʼz hissasini qoʼshish maqsadida mehnat qilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari xodimlari ham ayni kezlarda oʼz uyidagi tomorqalarida, qolaversa boʼlim atrofidagi mavjud boʼsh yerlarda koʼchat ekib, bogʼ yaratishga oʼz hissasini qoʼshmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIBga tegishli zahira yer maydonida ham obodonchilikka qoʼl urilib, pomidor, baqlajon, bodring, bulgʼor qalampiri, sarimsoq piyoz ekildi.
Аyni kezlarda yer toʼliq ishlovdan chiqarilib, qishloq xoʼjalik va boshqa poliz mahsulotlari ekilayotir.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati