25 Aprel 2024 yil 201

“Tomorqa - daromad manbai”

  Kitob tumani “Varganza” mahallasi fuqarolari tomorqalarida, limon, anor, ko‘kat va kartoshka yetishtirib sotish orqali tomorqadan daromad yaxshigina topishadi.

Barcha xonadonlar tomorqalarini daromad manbaiga aylantirish maqsadida Kitob tuman “Xalq banki” mas’ullari ushbu mahallaga biriktirilgan bo‘lib, “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida ishlar tashkil etilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Farrux Tairov va tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikrom Tog‘ayev “Varganza” mahallasida bo‘lib, yerdan foydalanishni samarali tashkil qilish hamda yoshlarga eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonidagi ekinlar rivojini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarga bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, imkon darajasida tomorqada qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekib daromad olish, mabodo iqtisodiy muammolar yuzaga kelganda bank krediti asosida ishlarni tashkil etish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech