“To‘maris izdoshlari” bellashdilar
Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasida “Tumaris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari, Ichki ishlar vazirligi va Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.
To‘rt bosqichdan iborat ko‘rik-tanlovda 6 nafar ishtirokchi o‘q otish, qurolni to‘liqsiz qismlarga ajratish, savol-javob, erkin mavzu bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy musobaqada har bir jamoa g‘oliblik uchun astoydil kurashdi. Musobaqa yakunida ????-harbiy qism xodimasi oddiy askar ?????????va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2- o‘rinlarni viloyat IIB xodimasi mayor Gulmira Turdiboyeva va viloyat Bojxona boshqarmasi xodimasi, kapitan Dilnoza Arabovalar egalladi. 3-o‘rinni esa IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7533-harbiy qism xodimasi kichik serjant Dilrabo Davurova egalladi.
G‘oliblar tanlov hay’atining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.