O‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida noqonuniy spirtli ichimliklar tayyorlab kelayotgan sex aniqlandi
Joriy yil 29 mart kuni Qashqadaryo viloyati
IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda
Koson tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida
noqonuniy spirtli ichimliklar tayyorlab kelayotgan shaxsning kirdikorlari fosh
etildi. Jumladan, Koson tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi T.B. ning
yashash xonadoni tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘zdan
kechirilganida, yashash xonadonida yashirin ravishda aroq sex tashkil qilib,
unda sifatsiz aroq mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.
Fuqaroning xonadonidan 2 dona 100 litr
hajmdagi aroq tayyorlash uchun mo‘ljallangan yelim idish, 4 dona rezina bolg‘a,
1 dona etiketka tayyorlash uchun pech, 1 dona 5 litr hajmli gaz balon, 1 dona
kesish uchun mo‘ljallangan stanok,
16.000 dona 5 turdagi aroq qopqoqlari, 3 dona 0,5 litr xajmli “Russkaya
vodka” arog‘i, 150 dona 2 xil turdagi yashil va qizil rangli “Shahrisabz” nomli
aroq mahsulotining quttisi, 3000 dona aksiz markalar, 1.000 dona “Russkaya
vodka” yozuvli aroq etiketkalari, 3 dona 10 litr xajmdagi yelim idishlarda jami
30 litr spirt mahsulotlari, 1.100 dona bo‘sh shisha idishlari va narxi jami 27
million 263 ming so‘mlik ashyoviy dalillar kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun
rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan huquq-tartibot organlari
xodimlari tomonidan surishiruv harkatlari olib borilmoqda.