9 Aprel 2022 yil 549

Ilm-fan va madaniyat homiysi

Qarshi shahridagi 18-sonli Koʼrish boʼyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasida sohibqiron, ilm-fan va madaniyat homiysi Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Qarshi shahridagi toʼrtta sektor rahbarlari, Eriell Group qoʼshma korxonasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʼz olganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik va yuksak ehtiromni alohida taʼkidlashdi. Soʼngra, maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan Аmir Temur hayoti va ijodiga bagʼishlangan savol-javoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.
Maktabda tahsil olayotgan 250 nafar oʼquvchilarga homiylar tomonidan sovgʼa-salomlar berilgani bolajonlarga zavq ulashdi.
Garchi imkoniyati cheklangan boʼlsa-da, bolajonlar bayramdan bir olam zavq olgani ularning soʼzlari va yuzlaridagi quvonchda zohir boʼldi.

Text to speech