19 Aprel 2024 yil 164

Tinchlik ishonchli qoʻllarda!


Qashqadaryo viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan tuzilgan guruhlar tomonidan jamoat joylari qolaversa, savdo kompleksi va bozorlar hududida fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash, yuz berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida oʻz xizmat vazifalarini bajarishmoqda.

Bundan tashqari farzandlarimizning taʼlim maskanlariga xavfsiz borib kelishi, fuqarolarimizning dam olish kunlarida oila aʼzolari bilan koʻngilochar maskanlarda madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida avtomobil yoʻllari va piyodalar oʻtish joylari, umumiy ovqatlanish shahobchalari atrofida tartibni saqlash masalasi ham xodimlar eʼtiboridan chetda qolmayapti.


Aholi gavjum boʻladigan hududlar, istirohat bogʻlarida xizmat oʻtayotgan xodimlar shubhali buyumlar qoldirib ketilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar, shubha uygʻotgan shaxslarning maqsadi va yashash manzillariga aniqlik kiritish borasida profilaktik suhbatlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Text to speech