29 Mart 2023 yil
658
Tilla taqinchoqlar shaydosi ushlandi
Qarshi shahar “Qarliqxona” MFYda yashovchi nafaqaxo‘r I.N. Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil 23 mart kuniga o‘tar kechasi uyidagi shkafda bo‘lgan seyfda bo‘lgan tilla taqinchoqlarni va 200 AQSH dollari va 1 million 500 ming so‘m miqdoridagi pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Jinoyatni fosh etish maqsadida Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB va viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mazkur o‘g‘irlikni Qarshi shahar “Qarliqbog‘ot” MFYda yashovchi B.R. sodir etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.