29 Sentyabr 2020 yil 2343

Tilga hurmat Vatanga ehtiromdir!


Til – bu millatning qalbi, uning dunyodagi oʼrnini, mavjudligini koʼrsatuvchi asosiy belgi. Til bor ekan, millat ham barhayotdir. Oʼzbekning oʼzligini, oʼziga xos qadriyatlarini, maʼnaviy qiyofasini aks ettiruvchi ona tilimiz xalqimizning bebaho boyligidir. Shu kunlarda butun mamlakatimiz boʼylab “Oʼzbek tili bayrami kuni”ni munosib nishonlash, oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasida koʼplab tadbirlar, tanlovlar oʼtkazilmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning 2020-yil 7-sentyabrdagi 257-sonli buyrugʼiga asosan Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining kursant va oʼquvchilari oʼrtasida “Oʼzligimiz timsoli – Ona tilim” mavzusida onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi. Bu tanlovda IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari ham oʼzgacha masʼuliyat va qiziqish bilan munosib ishtirok etishga harakat qilishdi. Tanlov dastlab akademik litseyning 2- va 3- kurs oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazildi. Oʼquvchilar oʼz insholarida ona tilimizning oʼtmishi va buguni, uning cheksiz va boy imkoniyatlari hamda millat taqdiridagi ahamiyatini mehr-muhabbat bilan ifoda etdilar. IIV Qashqadaryo akademik litseyida oʼtkazilgan insholar tanlovida quyidagi oʼquvchilar gʼolib deb topildi:  Oʼtkazilgan tanlov yakuniga koʼra, 1-oʼrin Аralova Zarina va Xudoynazarova Mohinurga 2-oʼrin Yoqubova Mehriniso va Sadinov Samandarga, 3-oʼrin Mustafoeva Nilufar va Joʼraeva Noilaga munosib deb topilib, eng yaxshi deb topilgan insholar tanlovining Respublika bosqichiga taqdim etildi.

Text to speech