23 Oktyabr 2021 yil 529

Til - millat koʼzgusi


Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Til - millat koʼzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda IIV XАXTQ Qarshi alohida batalьoni va viloyat Bojxona boshqarmasi hamda Qarshi davlat universiteti oʼqituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari L. Saodatova ochdi.
Tadbirda Qarshi DU dotsenti Dildora Bozorova soʼzga chiqib, til har bir millatning koʼzgusi ekanligini taʼkidladi. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni bejizga Onaga qiyoslashmagan. Bola onasi quchogʼida, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olmaganidek, millat ham tilsiz barhayot emas. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek “Hozirgi kunda Yangi Oʼzbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga koʼtarilmoqda. Bu yoʼlda milliy oʼzligimiz, gʼurur-iftixorimiz timsoli boʼlgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai boʼlib xizmat qiladi”.
Bugungi kunda jamiyatda yoshlarni maʼnaviy barkamol va aqlan yetuk qilib tarbiyalashda ona tilining hissasi beqiyosligi, katta-yu kichik tilimizni oʼqib-oʼrganishi, yoshlarda bu borada zaruriy koʼnikmalarni shakllantirish barchaning burchidir.

Text to speech