E’tiborni chalg‘itdi, hamyonni o‘margan shaxs qo‘lga olindi
G‘uzor tumanida yashovchi uy bekasi S.M. Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” bozoriga xarid uchun keldi. Bozor oralab, bir joyda kerakli jihozlar savdosi bilan bo‘lib, sumkasini va qo‘l telefonini rastaga qo‘ydi. Oxiri olgan buyumiga pul erish uchun yoniga qarab, ichida 2.000.000 so‘m pul va bozor bahosi 2.000.000 so‘m bo‘lgan “Samsung A15” rusumli telefon apparati bo‘lgan qo‘l sumkasini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildi. Va darhol ichki ishlar organlariga bu xaqda xabar qildi.
Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida, mazkur o‘g‘irlikni Ko‘kdala tumanida yashovchi uy bekasi X.D. sodir etilganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar sumkasi, pullar va telefon apparati hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.