Tibbiyot xodimlari taqdirlandi
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Tibbiyot bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi. Boshqarma boshlig‘i o‘z tso‘zida Muhtaram Prezidentimiz va Ichki ishlar vazirligining salomatlik posbonlariga ko‘rsatayotgan ehtirom va e’tiborini alohida ta’kidladi. Tadbirda ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olinib, fidoyi shifokorlarining bir guruhi Ichki ishlar vazirligining qo‘l soati va viloyat ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.