Tibbiyot xodimlari taqdirlandi
Shifokorlar timsolida xalq salomatligi yo‘lida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz. Eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri salomatlik posbonlari hisoblanib, ularning mahorati, malakasi, mas’uliyati insonlarning hayoti va taqdirida muhim o’rin egallab kelmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB tibbiyot bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, inson sog’lig’ini asrash va mustahkamlashdek ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan
shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati soha vakillarini xodimlarning
salomatligini ishonchli muhofaza qilish,
jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi samarali mehnatlari,
zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tadbiq etish ishlariga qoʻshayotgan munosib hissasini alohida eʼtirof etdi.
Jamiyatimizda barcha sohalar qatorida, mamlakatimizda tibbiyotning
rivojlanishi, sifatli va zamonaviy xizmatlardan
foydalanishlari,
shifokorlarning bilimi va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar
yaratib kelinmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz,
Ichki ishlar vazirligining soha xodimlariga ko‘rsatayotgan ehtirom va e’tibor alohida e’tirof etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limida ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga, ichki ishlar organlari xodimlari salomatligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi shifokorlar viloyat boshqarma rahbariyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.