11 Yanvar 2025 yil 654

O‘tgan yilda viloyat hududida ommaviy-ma’naviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi

Qarshi shahrida “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish va nazorat qilish bo‘yicha viloyat komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat ichki ishldar boshqarmasi  boshlig‘ining o‘rinbosari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi  boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari hamda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarorlari talablari asosida o‘tgan yilda viloyat hududida o‘tkazilgan Ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlarda viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan ishlab chiqilgan qo‘shma rejalar asosida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini namunali ta’minlanganini va tinch va osoyishta o‘tganini ta’kidlashdi. Yig‘ilishda ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun belgilangan tartib-qoidalarga asosan ruxsatnoma olish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.  Ammo ruxsatnoma olinmasdan o‘tkazilgan ayrim tadbirlarda salbiy oqibatlar yuzaga kelgani aytib o‘tildi.

Tadbirlarda  salbiy holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida, har bir ommaviy tadbirlar o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin ommaviy tadbir o‘tkazilishi to‘g‘risida Ichki ishlar organlariga va Milliy gvardiyaga xat orqali murojaat qilinishini lozimligi qatnashchilarga tushuntirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad viloyatda  ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarni texnik va yong‘in xavfsizligi holati komission tartibda o‘rganilib, keyin ruxsat berilishi turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, hukumatimiz farmon va qarorlari talablari asosida biz yil boshidan o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan bajarib, siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi davomida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashni hamda tadbirlarni tinch va osoyisha o‘tkazish  - bosh  vazifa.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, vazifalar yuklatildi.

Text to speech