6 Yanvar 2025 yil 580

O‘tgan haftada viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishning ahvoli tanqidiy-tahlil etildi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov huzurida vohada jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tezkor xizmat vakillari videoselektor tarzida ishtirok etdi.
Keng ko‘lamli yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari viloyatda kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.
Viloyatda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi murojaatlarni o‘rganib, muammolarni hal etish, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlarni amalga oshirishda barcha yo‘nalishlarda aniqlangan muammolarni tezda bartaraf etish maqsadida sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yechimini topish ishlari ham tahlil qilinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Xizmat jarayoni va xizmatdan tashqari vaqtlarda spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, xizmat hududida yashash, favqulodda va salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilish va va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasidagi ishlar ko‘lamini oshirish borasida tegishli tavsiya va takliflar berdi.

Text to speech