10 Avgust 2023 yil 310

Tezkor tadbir samara berdi

Joriy yil 8 avgust kuni “Qoradori-2023”  tezkor profilaktik tadbiri doirasida Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida bir fuqaroning xatti-harakatlari osoyishtalik posbonlarida shubha uyg‘otdi. Shubhali fuqaro E. Chorining Qarshi shahar, “Bo‘ston” MFYdagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonasidagi javon ichidan 3 dona “belamorkanal” nomli sigaretga joylangan va 5 dona qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan  va 13 dona gugurt qutida joylangan marixuana giyohvandlik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Olingan giyohvand moddalar tarozida o‘lchanganda 74.49 grammga tengligi ma’lum bo‘ldi.

E.Chori bilan olib borilgan tezkor surishtiruvlarda u giyohvandlik moddasini Qarshi tumani “To‘qmang‘it” MFYda yashovchi T.Sobirdan sotish maqsadida sotib olganligini bildirdi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, T. Sobirning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, hovlisidagi yordamchi xonadan 330.9 grammga teng marixuana topildi. ligi ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech