15 Avgust 2022 yil 271

Tezkor tadbir samara berdi

2022 yil 11 avgust kuni Qashqadaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi.

Qarshi shahar “Qizil masjid” ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Qarshi shahar 5-mittitumanda yashab kelayotgan A. A.  to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganda cho‘ntagidan oq qog‘oz va selofan bo‘laklariga o‘ralgan “marixuana” giyoxvandlik moddasi chiqdi.

Yonida giyohvand modda olib yurgan A.A. bilan olib borilgan surishtiruvlarda u bu zahri qotilni Qarshi shahar “Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi A.B.dan olganligini bildirdi.

Tadbir doirasida A.B.ning yashash uyi va yordamchi binolari ko‘zdan kechirilganda ko‘rpacha tagidan 1 dona oq qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik moddasi hamda 1500000 so‘m pullar topilib, hujjatlashtirib olingan.

A.A.va B.A.dan olingan jami “marixuana” giyohvandlik moddasi taroziga qo‘yilganda 3.91 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech