Test sinovlarida soxta "abiturientlar" aniqlanmoqda
Oliy oʼquv yurtlariga kirish uchun mamlakatimizda ham test sinovlari qizgʼin pallaga kirdi. Qashqadaryo viloyatida ham bu jarayon 2 bosqich boʼlib oʼtmoqda. Pandemiya sharoiti bois yoshlar profilaktika dezinfektsiya vositalari tibbiy niqob va bosh kiyimlar bilan taʼminlanmoqda. Test sinovlarini topshirishda bilimiga ishongan yoshlar savollarni yechib chiqmoqda. Аmmo ayrim “bilimli” yoshlar maʼlum manfaat evaziga birovning oʼrniga test sinovlarini topshirishga kirishga urinmoqda. Lekin ziyrak ichki ishlar organlarining saʼy-harakati tufayli bu toifa shaxslar toʼxtatib qolinmoqda.
Test sinovlari boshlanganidan to shu kungacha oʼzganing oʼrniga kirgan 24 ta, uyali telefondan foydalangan 38 ta holatlar aniqlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.