“Terrorizm va ekstremizmga birgalikda kurashamiz”
To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va 35-son manzil koloniyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida “Dolzarb ikki oylik” doirasida viloyat IIB TQX Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari, mayorlar Firdavs Muhammadiyev va Dilshod Haqberdiyevlar ishtirokida “Terrorizm va ekstremizmga birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lami keng tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalinishda ushbu taqiqlangan materiallar joylashtirilgan saytlarga kirmaslik, ushbu saytlarga bilib va bilmagan holda kirib, materiallardan foydalangan, saqlagan va tarqatgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralarini ishtirokchilarga tushuntirishdi.
Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.