7 May 2021 yil 567

Termosdagi marixuana

 

Tajribali tezkor xodimlarning “jinoyatchi shoxida yursa, sen bargida boʼl”, degan gapi bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, Chiroqchi tumani “Suvliq” MFYda yashovchi B.E. “Neksiya-2” rusumli avtomashinada yoʼlovchi sifatida Toshkent shahriga ketayotgan vaqtida “Umakay” YPX maskanida toʼxtatildi. Uning bejo harakatlarini sezgan DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat Bojxona boshqarmasi va Chiroqchi tumani IIO FMB JQB xodimlari adashmagandi. Hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda B.E. olib ketayotgan oq paketdagi termos ichidan 101 gramm murixuana giyohvandlik vositasi chiqdi. Marixuana giyohvandlik vositasitaroziga qoʼyilganda 101 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech