Тergov boʼlimi xodimlari uchun oʼquv-seminar tashkil etildi
Chiroqchi tumani Ichki ishlar boshqarmasida Jinoyat ishlari buyicha tuman sudi raisi А.Tashev, sudьya U. Rasulov, tuman prokurori oʼrinbosari N. Mavlyanovlar ishtirokida tuman IIB huzuridagi tergov boʼlimi xodimlari uchun oʼquv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Jinoyat ishlari buyicha tuman sudi raisi А.Tashev, sudьya U. Rasulov, tuman prokurori oʼrinbosari N. Mavlyanovlar soʼz olib, tuman IIB huzuridagi tergov boʼlimida xizmat olib borayotgan xodimlarning malakasini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov sifatini yanada oshirish haqida soʼz yuritishdi.
Shuningdek, oʼquv jarayonini yanada qiziqarli va munozarali oʼtkazish maqsadida tergov boʼlimi xodimlarini belgilangan jadval asosida tuman IIBning boshqa sohaviy xizmatlar hamda idoralar bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida, ish jarayonlari, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda mavjud imkoniyatlarni oʼrganib borishi tashkil etildi.
Bundan tashqari, tergovchilarning maʼnaviy yetukligini taʼminlash, bilim saviyalarini oshirish, ularda vatanparvarlik, tinchlikning qadriga yetish kabi tuygʼularini yanada kuchaytirish maqsadida ijtimoiy rolik namoyish etildi.