Temuriylar tarixi bilimdoni
Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 martdagi farmoyishiga binoan, shu yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʼtkazilmoqda. Oylik rejasiga asosan, yaqinda Qashqadaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIB xodimlari ishtirokida "Temuriylar tarixi bilimdoni" koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi.
Buyuk sarkarda, adolat homiysi sohibqiron Аmir Temur hayoti va avlodlari tarixiga bagʼishlangan musobaqa qizgʼin savol-javoblar va bahslarga boy kechdi. Murosasiz bahslar asosida kechgan musobaqada boshqarma JXX PPX va JTSB PPX batalьoni komandirining MMIB oʼrinbosari kapitan Shoxrux Rasulov gʼolib boʼldi. Keyingi oʼrinlarni IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchisi Suxrob Ergashev va Gʼuzor tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant Islom Shodmonovlar band etdi.
Gʼoliblar viloyat IIBning diplomi va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.