21 Iyun 2022 yil 347

“Temir intizom va halollik - muvaffaqiyat kaliti”

    G‘uzor tuman IIB O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 iyun kunidagi farmoyishiga asosan joriy yil 10-iyundan 10-iyulga qadar Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlashga doir “Temir intizom va halollik - muvaffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida yigʼilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, G‘uzor tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari, oila a’zolari ishtirok etishdi. 

    Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlarni ta’kidlab, har bir ichki ishlar organlari xodimlari temir intizomga amal qilib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik asosida faoliyat olib borishlari lozimligi haqida so‘z yuritdi.

    Yakunda xizmatda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.

Text to speech