16 Iyun 2022 yil 624

“Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti”

Dehqonobod tuman hokimligida Ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 iyundagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi, boshqarma Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti katta inspektori mayor Farid Norqulov yurtimizda Ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qilinayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasidagi imkoniyatlarga alohida to‘xtalib, har bir ichki ishlar organlari xodimlari temir intizomga amal qilib, halollik bilan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik bilan faoliyat olib borishlari lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Qamrovi keng uchrashuvda “Intizom oyligi” doirasida shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, favqulodda holatlarning oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lishi, xizmatda va oilada barchaga namuna bo‘lib, ichki ishlar organlarining xalq orasidagi ob’ro‘ va e’tiborini oshirish bugungi kun talabi ekanligi ta’kidlandi.

Text to speech