30 Yanvar 2023 yil
540
Telefon shaydosi ushlandi
2023 yil 26 yanvar kuni soat 13:00larda Dehqonobod tumani “O‘zbekiston” MFYda joylashgan choyxonada ishchi bo‘lib ishlovchi S.I. ovqatlanish uchun kelgan notanish fuqaroga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda mijozlardan biri “Teslo” rusumli telefon apparatini foydalanish uchun olgan. S.I. choyxonada fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtda notanish kishi ushbu telefon apparatini olib, ketib qolgan.
Dehqonobod tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida S.I. ga tegishi telefonni Dehqonobod tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi Sh.K. olib ketganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.