19 Dekabr 2022 yil
525
Telefon shaydosi topildi
Nishon tumani Kaptarli MFYda yashovchi X.U. bir dona “Redmi-9” rusumli qo‘l telefonini yo‘qotib qo‘ygach, bu haqda IIBga murojaat etdi.
Mazkur holat yuzasidan Nishon tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Nishon tumani “Samarqand” MFYda yashovchi M. M. sodir etganligi aniqlandi.
Nishon tumani IIB huzuridagi TG tomonidan M.M.ga nisbatan O‘zR JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.