19 Oktyabr 2022 yil 522

Telefon shaydosi topildi

2022 yil 17 sentyabr kuni viloyat IIBning 102 tizimiga Qarshi tumani Navro‘z qo‘rg‘onida yashovchi Sh.N. qo‘ng‘iroq qilib, Qarshi shahar “G‘.G‘ulom” MFY hududida nomalum shaxs “Samsung J2” rusumli telefon aparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu o‘g‘irlikni, Qamashi tumani “Qoratepa” MFYda yashovchi S.I. sodir qilganligi aniqlanib, undan telefon aparatini xujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech